Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Audi e-tron GT YTHga uchradi. Uning taxminiy narxi 140 ming dollardan oshadi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Audi avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda bu Audi e-tron GT ekanini ko‘rish mumkin, uning taxminiy narxi 140 ming dollardan oshadi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yil 7 sentabr kuni taxminan soat 10:20 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi Katta qa’ni ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1974 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Audi rusumli avtomobil va 1953 yilda tug‘ilgan U.S. boshqaruvidagi Nexia-1 rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda. To‘qnashuv natijasida Nexia-1 rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:15 / 08.04.2025
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
11:26 / 18.03.2025
Audi 2029 yilgacha Germaniyada 7500 ta ish o‘rnini qisqartiradi
20:49 / 16.09.2024
Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi
16:23 / 29.07.2024