Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston va Belgiya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Bryusselga tashrif doirasida Belgiya tashqi ishlar, Yevropa ishlari, tashqi savdo va federal madaniyat muassasalari vaziri Haja Lahbib bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar 2021 yil noyabr oyida Valloniya eksport va xorijiy investitsiyalar agentligi va Flamandiya investitsiya va savdo agentligi tomonidan tashkil etilgan Belgiya ishbilarmon doiralari O‘zbekistonga biznes-missiyasi samarali natijalarga olib kelganini olqishladi. Shu bilan birga, savdo va investitsiyalar sohasida foydalanilmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Belgiya barcha yo‘nalishlarda aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi bildirildi. Joriy yil oxirida Toshkentda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi davrasini o‘tkazish masalasini ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
14:15 / 09.04.2025
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi
12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi
18:44 / 02.04.2025