Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston TIV rahbari adliya bo‘yicha yevrokomissar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya adliya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dide Reynders bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi hamkorligi, qonun ustuvorligi sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Dide Reynders Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning demokratik institutlar faoliyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, so‘z va din erkinligini ta’minlashga xayrixohligini qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdi.
Yevropa tomoni O‘zbekistondagi islohotlar dasturini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish, qonun ustuvorligi sohasida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot taqdim etildi. Eng muhim takliflar qatorida o‘lim jazosini taqiqlash, Miranda qoidasini qo‘llash, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi huquqlarini kafolatlash, “Habeas korpus” institutini aks ettirish va boshqalarga e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025