Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmati uchun to‘lovda 10 foizlik chegirmadan foydalanish tartibi tushuntirildi
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov va bojlarni to‘lashda 10 foizlik chegirmadan qanday foydalanish mumkinligi ma’lum qilindi.
“Davlat xizmati yangiliklari” kanalida yozilishicha, davlat xizmatlariga davlat bojlarini yoki yig‘imlarni to‘lashda 10 foizlik chegirmadan foydalanish uchun my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, kerakli xizmatni topish va undan foydalanish kerak.
Bunda, foydalanuvchiga to‘lanadigan davlat boji yoki yig‘im uchun qancha mablag‘ to‘lanishi kerakligi, o‘z-o‘zidan chegirmani hisobga olgan holda taqdim etiladi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, har qanday davlat xizmatini olish, litsenziya, ruxsatnoma, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat ko‘rsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda to‘lanadigan summa 90 foizi miqdorida undiriladi.
Mavzuga oid
12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
19:09 / 10.04.2025
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin
22:15 / 12.03.2025