O‘zbekiston | 10:31 / 10.09.2022
9248
1 daqiqa o‘qiladi

So‘m real almashinuv kursi avgustda 1,4 foizga o‘sdi

Markaziy bank sharhida ma’lum qilishicha, real samarali almashuv kursi joriy yil avgust oyida iyulga nisbatan o‘suvchi dinamika qayd etib, 1,4 foizga mustahkamlangan.

Foto: Kun.uz

So‘m mustahkamlanishi 2021 yil mos davriga nisbatan 3 foizga, bazaviy davr deb hisoblangan 2019 yil sentabrga nisbatan 6 foizni tashkil etgan.

Avgustdagi mustahkamlanish asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar valutalari — rubl dollarga nisbatan 2,3 foizga, turk lirasi 3,3 foizga, xitoy yuani 1,0 foizga qadrsizlanishi fonida yuz bergan. Ichki inflatsiya ham (0,5 foiz) so‘m qadrini nisbiy oshiruvchi omilga aylangan.

Avgust oyidagi real almashuv kursi qadri oshishi asosan savdo-hamkor davlatlar valuta kurslari yuqori sur’atlarda qadrsizlanishi va ichki inflatsiya ta’siri bilan ifodalanadi.

Mavzuga oid