Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ishlari agentligi talabalarni “makler”siz ijaraga qo‘yadigan tizim taklif qilmoqda
Agentlik uybor.uz platformasida “Talabalar uchun” degan bo‘lim ochildi. Bu yerda talabalar ijaraga qo‘yiladigan uylar haqida ma’lumot berilgan. Bunda talaba vositachilik haqi to‘lamaydi.
Yoshlar ishlari agentligining ma’lum qilishicha, agentlik uybor.uz platformasi bilan kelishib, saytda “Talabalar uchun” degan bo‘lim tashkil qilingan.
Platformaning afzalligi bu yerda talabalar uchun ijara uylar rasmi, narxi, joylashuvi haqida ma’lumot berilgan, deb xabar bermoqda Yoshlar ishlari agentligi Kun.uz’ga. Bu yerda yoshlar yetakchisi uy egasi va talaba o‘rtasida vositachilik qiladi.
“Platformaga ijara beruvchining yoki o‘rtadagi boshqa odamning emas, aynan yoshlar yetakchisining telefon raqami joylanyapti. Bu makler xizmati yoki boshqa to‘lovlarning oldini olishda qo‘l keladi.
Yetakchi o‘zi ijara turuvchi bilan gaplashib, o‘zi joylashtiradi va keyinchalik ham yordam berib boradi. Toshkent shahridagi 579 nafar yoshlar yetakchilarining har biriga platformaga dostup (login/parol) berilgan”, – deydi agentlik axborot xizmati vakili.
Ma’lumot berilishicha, Telegram’dagi @Smartmahallabot orqali mahalla yetakchisiga aynan talabalarga ijaraga beriladigan uy to‘g‘risida ma’lumot berish mumkin.
Shundan so‘ng yoshlar yetakchilari ijaraga beriladigan xonadonning sharoitlarini o‘rganib chiqib, ma’lumotlarni platformaga yuklaydi. Talabalar o‘zlariga qulay xonadonni tanlab, ijaraga joylashishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
18:16 / 26.03.2025