Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya milliy-madaniy markazi raisiga O‘zbekiston prezidenti minnatdorlik maktubi topshirildi
Gretsiya milliy-madaniy markazi raisi Konstantinos Politisga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning minnatdorlik maktubi topshirildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Gretsiya milliy-madaniy markazi raisi Konstantinos Politis bilan O‘zbekiston-Gretsiya munosabatlari va istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuv doirasida Konstantinos Politisga O‘zbekiston prezidenti minnatdorlik maktubi tantanali ravishda topshirildi. O‘z o‘rnida, Konstantinos Politis davlat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan mamnunligini bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr almashildi. Konstantinos Politis Gretsiya milliy-madaniy markazi faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib, reja va tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Suhbat yakunida joriy yil O‘zbekiston – Gretsiya diplomatik munosabatlariga 30 yil to‘lishi munosabati bilan 6 noyabr kuni madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
16:07 / 27.04.2025
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025