O‘zbekiston | 07:35 / 12.09.2022
5476
2 daqiqa o‘qiladi

Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi

Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga asosan kredit berish shartlari, uning miqdori, muddatlari, uni to‘lash va uning to‘liq qiymatini hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi hamda xizmatlar ko‘rsatish joylarida, shu jumladan tashkilot rasmiy saytiga joylashtirilishi kerak.

Axborot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashkilot nomi, uning joylashgan yeri, aloqa telefonlari, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga yoki lombardlar reyestriga o‘zi haqidagi ma’lumotlar kiritilgani to‘g‘risidagi axborot; qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar; taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va kredit berish to‘g‘risida yoki asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari; kredit turlari; kredit summalari va uni qaytarish muddatlari; foiz stavkalari – yillik foizlarda, o‘zgaruvchan foiz stavkalari qo‘llanilganda esa ularni aniqlash tartibi va boshqalar.

Nizom tashkilotning iste’molchi bilan o‘zaro munosabatlarni, shu jumladan muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelganda, iste’molchilar shikoyatlarini ko‘rib chiqishda o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid