Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi murojaatlari ko‘rib chiqilishida «raqamli nazorat» joriy qilinadi
Prezidentning “Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Internetda davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo‘yicha Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi (Yagona onlayn platforma) ishga tushirilgan.
Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining davlat organlari va muassasalariga, davlat ishtirokidagi tashkilotlarga kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish hamda ushbu jarayonlarni nazorat qilish tizimini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi:
- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hal bo‘lmayotgan masalalari bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilish muqobil manbalarini joriy etish;
- davlat organlari va tashkilotlarida barcha turdagi murojaatlarni bitta tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish va tizimli nazorat o‘rnatish;
- murojaatlar ko‘rib chiqilishida “raqamli nazorat” joriy qilish va ijro muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganda yuqori turuvchi instansiyani elektron tarzda avtomatik xabardor qilish;
- davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari qabuliga elektron navbatga yozilish.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
16:47 / 24.01.2025