Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
Har bir tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqildi.
Ta’kidlanishicha, har bir tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bunda, 950 ta elektromobilni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi.
Mavzuga oid
22:49 / 23.09.2022
AQShda Tesla kompaniyasining bir milliondan ortiq avtomobilida nosozlik aniqlandi
11:14 / 17.09.2022
O‘zbekistonliklar 8 oyda elektromobillar importiga 46 mln dollar sarfladi
19:52 / 19.08.2022
Lincoln kompaniyasi Model L100 haydovchisiz elektromobilini namoyish etdi
13:35 / 13.08.2022