Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida Mo‘g‘uliston prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 sentabr kuni Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat prezidentlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi qo‘shma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Buning uchun zaror shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotidagi samarali raisligini qayd etib, sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat zrtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024