Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha 100 mln dollarlik innovatsion markaz tashkil etadi
O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Innovatsion vaksinalar markazi" tashkil qilinadi.
13 sentabr kuni ShHTga a’zo davlat rahbarlari sammiti doirasida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Luye Invetment Group Co Ltd kompaniyasi rahbari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi kompaniya bilan hamkorlikda 2023-2028 yillarda umumiy qiymati 100 mln dollarga teng bo‘lgan “Innovatsion vaksinalar markazi”ni tashkil etishi bo‘yicha memorandum imzolandi.
“Innovatsion vaksinalar markazi” – Markaziy Osiyoda yagona to‘liq siklli biotexnologik ishlab chiqish korxonasi bo‘lib, mahalliy va MDH mamlakatlari bozorini yuqori texnologik mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Loyiha doirasida gepatit A, gepatit B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklar viruslarini davolashda ishlatiladigan umumiy hajmi 2 mlrd dollarga teng bo‘lgan 10 xil vaksinani yiliga 200 mln dozada ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
“Innovatsion vaksinalar markazi"ni Toshkent viloyatida tashkil qilish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025