Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Linn Treysi AQShning Rossiyadagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
Bayden ma’muriyati Linn Treysi tez orada Moskvada ish boshlashiga umid qilmoqda, deb xabar berdi CNN. Hozir u Amerikaning Armanistondagi diplomatik missiyasini boshqaradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden hozirda AQShning Armanistondagi diplomatik missiyasini boshqarayotgan Linn Treysini Rossiyadagi navbatdagi elchi etib tayinlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda 14 sentabr, chorshanba kuni vaziyatdan xabardor suhbatdoshlariga tayanib, CNN ma’lum qildi.
Bu ma’lumotni AP va Reuters agentliklari manbalari ham tasdiqladi. Hozircha bu xabarlarning rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Bayden ma’muriyati Treysi tez orada Moskvada ish boshlashiga umid qilmoqda, deya ta’kidlaydi CNN. Treysining kelishi va rasmiy tayinlanish vaqti Rossiya uni elchi sifatida qabul qilishga rozi bo‘ladimi-yo‘qligiga bog‘liq. Manbalarga ko‘ra, Vashington Rossiyani o‘z tanlovi haqida xabardor qilgan. Umumiy qoidaga ko‘ra, mezbon davlat tanlangan elchini rasmiy tayinlanishdan oldin tasdiqlaydi.
AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi munosabati bilan ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda o‘z lavozimini tark etdi. U 4 sentabr kuni Moskvadan jo‘nab ketdi. Sallivanning o‘rniga yangi elchi kelguniga qadar Elizabet Rud AQShning Moskvadagi elchixonasida muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarib kelmoqda.
Rus tilini biladigan Linn Treysi diplomatik xizmat xodimi hisoblanadi. 2019 yilda Yerevanda elchi sifatida qasamyod qilishdan oldin u Davlat departamentining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha byurosida Rossiya bo‘yicha katta maslahatchi lavozimida ishlagan. 2014 yildan 2017 yilgacha Treysi AQShning Moskvadagi elchixonasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. U avval Markaziy va Janubiy Osiyoda turli diplomatik lavozimlarda ishlagan.
Agar Treysi Rossiyadagi elchi etib tasdiqlansa, u AQShning Moskvadagi elchixonasini boshqaradigan birinchi ayol bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025