Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat rahbari do‘st Pokiston bosh vazirini tashrif bilan qutlab, Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shahboz Sharif samimiy qabul hamda Pokistondagi suv toshqinlaridan jabrlanganlarga ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun O‘zbekistonga tashakkur izhor etdi.
Yetakchilar ikki tomonlama, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik masalalarini batafsil ko‘rib chiqdi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani qayd etildi. O‘tgan yilda ular 47 foizga, joriy yil boshidan yana 10 foizga oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 200 taga yetdi.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish, savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish, tovarlarni o‘zaro yetkazib berish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024