O‘zbekiston | 14:46 / 15.09.2022
15712
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Si Jinping birgalikda daraxt ekdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinping muzokaralardan so‘ng Samarqanddagi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu do‘st mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga mushtarak intilishlar navbatdagi ramzi bo‘ldi.

Bundan oldin Xitoy raisi Si Jinpingga O‘zbekiston oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mukofotni topshirar ekan, Xitoy raisi xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari, ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini qayd etdi.

Xitoy raisi “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.

Mavzuga oid