Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada xay-tek uslubidagi poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi
Kupelar ikki va to‘rt o‘rinli bo‘lib, yolg‘iz o‘zi ketishni istaydigan yo‘lovchilarga mo‘ljallangan mini-kayutalar ham bo‘ladi.
Avstriyaning OBB temiryo‘l kompaniyasi 2023 yil yozidan NightJets – hashamatli yuqori texnologik poyezdlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot berilishicha, ushbu poyezdlar 8 mamlakatdagi 25ta yo‘nalishda harakatlanadi.
Yangi poyezdlar yettita vagondan iborat bo‘ladi. Kupelar ikki va to‘rt o‘rinli bo‘lib, yolg‘iz o‘zi ketishni istaydigan yo‘lovchilarga mo‘ljallangan mini-kayutalar ham bo‘ladi.
Kupelarda hojatxona va cho‘milish xonalari joylashgan bo‘lib, yo‘lovchilarga nonushta ham beriladi.
Poyezdlar 254 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Ularning tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
14:23 / 17.05.2025