Jahon | 07:09 / 15.09.2022
31813
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiyning korteji YTHga uchradi, jabrlanganlar yo‘q

Ichida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bo‘lgan mashina Kiyevda YTHga uchradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sergey Nikiforov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, noma’lum mashina Zelenskiyning kortejiga borib urilgan. Hodisa oqibatida Zelenskiy ketayotgan avtomobil va qo‘riqchilar mashinasi zararlangan. Ukraina prezidentini tibbiyot xodimlari tekshirgan va unda jiddiy jarohat aniqlanmagan.

Prezidentning haydovchisi shifokorlar ko‘rigidan keyin shifoxonaga olib ketilgan.

Nikiforovning aytishicha, Ukraina huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hodisa qanday sodir bo‘lgani yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay Ukraina prezidenti doimgidek ukrainaliklarga murojaat qildi. Bu galgi murojaatida Zelenskiy rus tilida ham gapirib, rossiyalik askarlarga omon qolishning yagona yo‘li Ukraina armiyasiga asir tushish ekanini aytdi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid