O‘zbekiston | 13:05 / 17.09.2022
10797
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlar 53 foizi 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkonidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etildi

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilgani bo‘ldi. Bu haqda Davlat test markazi yozmoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga e’tibor qaratilsa, 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 176 mingdan ziyodi umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning 83 006 nafari (47 foiz) — birinchi ta’lim yo‘nalishiga, 93 341 nafari (53 foiz) — ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

Ma’lum qilinishicha, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ular teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lardi.

Mavzuga oid