Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden: Koronavirus bilan bog‘liq muammolar hali mavjud, ammo pandemiya tugadi
Koronavirus bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud, ammo pandemiya tugadi, dedi AQSh prezidenti CBS telekanaliga bergan intervyusida. Uning ma’muriyati vakillariga ko‘ra, bu bayonotlar oldindan rejalashtirilmagan.
COVID-19 pandemiyasini tugagan deb hisoblash mumkin, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden. «Bizda hali ham kovid bilan bog‘liq muammolar bor, buning ustida ko‘p ishlayapmiz. Ammo pandemiya tugadi. Agar e’tibor bersangiz, hech kim niqob taqmayapti. Hamma juda yaxshi holatda. Menimcha, vaziyat o‘zgarmoqda», dedi u 18 sentabr, yakshanba kuni kechqurun CBS telekanalida efirga uzatilgan intervyu davomida.
Xuddi shu intervyuda Bayden pandemiyaning umumiy ta’sirini yengil qabul qilmayotganini aytdi. Xususan, uning «Amerika ruhiyatiga ulkan ta’siri» va odamlarning o‘ziga, yaqinlariga hamda millatiga bo‘lgan munosabatidagi jiddiy o‘zgarishlarni tan oldi. Bundan tashqari, AQSh bir million odamini yo‘qotdi, deya qo‘shimcha qildi prezident.
Politico jurnalining uning ma’muriyati ikki rasmiysiga tayanib yozishicha, Baydenning bayonotlari oldindan rejalashtirilgan bayonotlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Ayni paytda, Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 28 kun ichida AQShda 2 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi rasman aniqlangan, har kuni yuzlab odamlar uning oqibatlaridan vafot etadi. Jo Baydenning o‘zi iyul oyida ikkinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalindi, kasallik yengil alomatlar bilan o‘tdi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025