Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini baholash uslubiyoti e’lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash uslubiyoti loyihasi e’lon qilindi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad ular kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishishini rag‘batlantirish orqali davlat organi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish hisoblanadi.
Davlat organida baholash quyidagi izchillik asosida amalga oshiriladi:
- faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha davlat organiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar, davlat dasturlari va nazorat rejalar hamda topshiriqlardan kelib chiqqan holda davlat organi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK)ni ishlab chiqish;
- davlat organi EMSKni “zanjir uslubi” asosida taqsimlash orqali davlat fuqarolik xizmatchisi individual EMSKni ishlab chiqish;
- EMSKga erishilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish.
EMSK natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish va ta’sir choralari qo‘llanadi. EMSK maqsadli va amaldagi natijalari muntazam ravishda yagona elektron platformaga kiritib borilishi ta’minlanadi.
Baholash tizimi asosiy tamoyillari:
- muvofiqlik – baholanuvchi davlat fuqarolik xizmatchisi individual EMSKning davlat organi EMSK bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi;
- ishonchlilik – baholash amaldagi natijalarini tegishli faktlar bilan tasdiqlash imkoni mavjud bo‘lishi;
- shaffoflik – ma’lumotlar kelib chiqish manbasini tekshirish imkoni yaratilishi;
- adolatlilik – EMSK mavjud imkoniyat va vakolatlarga muvofiq holda ishlab chiqilishi, baholash va uning natijalari bo‘yicha qo‘llaniladigan rag‘batlantirish va ta’sir choralari odilona bo‘lishi, ya’ni xodimlarni natijadorlikka yo‘naltirishi kerak.
Davlat fuqarolik xizmatchisi EMSK quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- aniq, prognoz qilinayotgan natija va kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar aniq belgilanishi;
- o‘lchanadigan, muayyan shartli birliklarida o‘lchash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardan foydalanilishini nazarda tutishi;
- erishish mumkinligi, prognoz qilinayotgan parametrlar mavjud resurs va vakolatlar bilan muvofiq bo‘lishi;
- vaqt chegarasi mavjudligi, erishish aniq muddatlari belgilanishi;
- kompetentligi, EMSK davlat fuqarolik xizmatchisi belgilangan vazifalari va javobgarligi doirasida bo‘lishi;
- maqsadliligi, davlat organi strategik maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgani.
Mavzuga oid
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
10:16 / 14.03.2024
Ijro organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimi takomillashtiriladi
10:25 / 13.09.2022
O‘zbekiston hududlari qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi texnik samaradorlik baholandi
08:27 / 06.09.2021