Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada aholiga nurlanishga qarshi dori tarqatiladi
Rossiya qurolli kuchlari nazorati ostidagi Zaporijjya AESidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xatardan himoya qilish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.
Polsha ichki ishlar vazirligi fuqaro himoyasi doirasida aholiga kaliy yodid tarqatilishini xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya qurolli kuchlari nazorati ostidagi Zaporijjya AESidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xatardan himoya qilish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.
«Zaporijjya AESi hududida jangovar harakatlar borayotgani to‘g‘risidagi xabarlar munosabati bilan inqirozga qarshi choralar va fuqarolar himoyasi doirasida davlat qutqaruv xizmatining rayon bo‘limlariga kaliy yodid tabletkalari berildi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu radiatsion xatar kelib chiqishi ehtimoli uchun ko‘zda tutilgan standart jarayon hisoblanadi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, hozirda bunday xatar yo‘q va vaziyat mamlakat atom energiyasi agentligi tomonidan muntazam monitoring qilinmoqda.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025