O‘zbekiston | 08:49 / 21.09.2022
1843
2 daqiqa o‘qiladi

1 oktyabrdan «dom»lar yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkaziladi

2022 yil 1 oktyabrdan respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

Prezident farmoni bilan, xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.

Bunda, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘p kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilanadi.

Fanlar akademiyasi tomonidan respublika seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlari yagona integratsiyalashgan platformasidagi ma’lumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha obektlari ro‘yxatini har yili 1 aprelga qadar shakllantirib borish hamda instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish ishlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablag‘lar Seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanishi belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid