O‘zbekiston | 12:26 / 22.09.2022
8261
3 daqiqa o‘qiladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” fuqarolarni firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikamizning turli hududlarida elektr tarmoqlari korxonalari xodimlari hamda mansabdor shaxslari tomonidan elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo‘q qilib berishni va’da qilgan va boshqa hollarda firibgarlik yo‘li bilan pul talab qilgan shaxslar vakolatli organlar tomonidan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Shu o‘rinda iste’molchilarga shuni ta’kidlamoqchimizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan butun mamlakatimiz bo‘ylab joriy qilingan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi iste’molchilar tomonidan sarflagan elektr energiyasi miqdorini kamaytirish yoki boshqa yo‘l bilan yo‘q qilish imkonini bermaydi. Mazkur tizimga ulangan iste’molchilar balansiga tashqi ta’sir orqali kamaytirish imkoni yo‘qligini ta’kidlab o‘tamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan “Toshkent HETK” AJ hamda “Jizzax HETK” AJlardagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shu bilan bir qatorda “Samarqand HETK” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi tomonidan Urgut tuman elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga asosan Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimida yashirin iqtisod va korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida tashkil etilgan hududiy elektr tarmoqlarida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” xizmati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mazkur holatlar o‘rganilib, mazkur shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

 Yuqoridagiga o‘xshagan holatlar yuzasidan elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan elektr energiyasidan qarzdorlikni kamaytirib berish yuzasidan takliflariga rozi bo‘lmang. Bu elektr tarmoqlaridan qarzingiz kamayishiga emas, balki shaxsiy manfaatlaringizga ham zarar keltirishi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” xizmatining ishonch telefonlariga (78 150 75 64, 78 150 75 61) yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari;

Telegram: https://t.me/hetmuloqot ;

Telegram orqali murojaatlar yuborish uchun: @HET_admin

Instagram: https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ ;

Feysbuk: https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari

Shuningdek murojaatlarni rasmiy veb-sayt orqali yuborish ham mumkin: https://www.het.uz/oz

Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 qisqa raqamli Koll-markazi ham tun-u kun faoliyat yuritmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid