O‘zbekiston | 18:14 / 22.09.2022
6359
2 daqiqa o‘qiladi

Kasanachilarga ajratiladigan subsidiya miqdori oshirildi

“Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil 1 oktyabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori 3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha oshiriladi.

Olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar o‘rtasida har yili bir marta har biri qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.

“Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.

Xodimlari umumiy soni kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ular bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktyabrgacha ozod etiladi.

Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.

Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorliklar o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid