Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda cho‘llanishga qarshi konvensiya bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi
BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasini amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-yig‘ilishi 2023 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
Nyu-York shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ibrohim Tiau ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda BMT Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlik sezilarli darajada oshdi. Konvensiyani amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-yig‘ilishi kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazilishi o‘zaro aloqalar o‘sib borayotgani dalilidir. U konvensiya kotibiyati ushbu tadbirni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomoniga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
BMT bosh kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarini, qurigan dengiz tubini ko‘kalamzorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Mavzuga oid
23:46 / 27.05.2025
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
10:45 / 13.03.2025
O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
08:46 / 30.04.2024