O‘zbekiston | 14:00 / 22.09.2022
30883
1 daqiqa o‘qiladi

«Poraxo‘r qamalganining nima foydasi bor? Jinoyatning oldini olish, o‘g‘irliklarni kamaytirish kerak» - Prezident prokuraturaga e’tiroz bildirdi

Toshkent viloyati faollari bilan navbatdan tashqari sessiyada uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiya muammosi, xususan davlat mablag‘lari talon-toroj qilinayotganiga to‘xtaldi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bosh prokuror o‘rinbosari Yo‘ldoshev, bugun Toshkent viloyatiga ajratilgan har bir so‘m mablag‘ uchun shaxsan javob berasiz. Chunki prezident ajratsa ham buning hammasi xalqning puli. 

Davlat mablag‘larini talon-toroj qilinishi holatlari bor. Sizlar poraxo‘rni ushlab qamaysizlar, lekin u qilar ishni qilib bo‘lib qamalganining nima foydasi bor? Qamalishining oldini olish, o‘g‘irliklarni kamaytirish kerak. 

Shunday qilinglarki, har bir so‘m maqsadlik sarflansin. Banklardan ajratilishidan boshlab o‘z o‘rnida ishlatilishiga bo‘lgan har bir jarayonni nazorat qiling”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid