Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l harakatiga amal qilmagan haydovchi 50 mln so‘m jarima to‘ladi
Toshkent shahrida yashovchi fuqaro 63 marta yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun 50 million so‘m jarima to‘ladi. U buni MIB xodimlari tomonidan mashinasini xatlash paytida qildi.
Majburiy ijro byurosi Olmazor bo‘limi ish yurituvida Toshkent IIBB YHXBning fuqaroga nisbatan qator qarorlariga asosan qarzdordan davlat foydasi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani sabab yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 63 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan bo‘lib, ulardan 50 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirish belgilangan.
Mazkur qarorlar ijrosi ta’minlanishi maqsadida, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtotransport vositasini xatlash jarayonida, fuqarodan 63 ta 50 mln so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar to‘liq undirilgan.
MIB xabariga ko‘ra, ijro ishi qonun 41-moddasiga asosan tamomlangan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025