O‘zbekiston | 08:41 / 22.09.2022
7579
1 daqiqa o‘qiladi
Yo‘qotilgan maktab shahodatnomasi dublikatini olish osonlashdi
Joriy yil 1 iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratilgan. Bu haqda Yagona portal xabar bermoqda.
Yangi xizmat doirasida:
- shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);
- shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan);
- ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so‘ralmaydi.
Qayd etilishicha, avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo‘qolgani haqida gazeta e’loni, topilmalar idorasidan ma’lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o‘zgargani haqida FHDYo bo‘limlaridan ma’lumotnoma.
Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqaro shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurgani aytiladi.
Mavzuga oid
18:24 / 19.06.2023
Maktab bitiruvchilari shahodatnomani 20 iyundan yuklab olishi mumkin
09:13 / 19.06.2023
Maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi
16:20 / 01.02.2023
2022/2023 o‘quv yilidan maktab bitiruvchilari shahodatnomalari elektron shaklda beriladi
11:49 / 22.07.2022