Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya ulamolar kengashi O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirishga ko‘maklashadi
O‘zbekistonlik diplomatlar Indoneziya ulamolar kengashi raisi o‘rinbosari Marsudi Suxud bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda Indoneziya ulamolar kengashi ko‘magida O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar ulamolar kengashi vakillarining mamlakatga safarlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib oldi.
Indoneziya vakili O‘zbekiston o‘zining tarixiy diqqatga sazovor joylari bilan juda mashhur ekanini qayd etdi. Samarqanddagi Imom Buxoriy maqbarasiga maxsus ziyorat sayohatlari tashkil etilgani alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Marsudi Suxud Indoneziya ulamolar kengashi O‘zbekistonning ziyorat turizmini ushbu mamlakatda targ‘ib qilish va indoneziyalik ziyoratchilar uchun «Umra+O‘zbekiston» sayohat paketlarini tashkil etishga ko‘maklashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
16:40 / 14.05.2025