Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 1,99 trln so‘m ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
- “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash;
- olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarni hamda tabiiy ofatlar tufayli yo‘llar talafot ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq va ovullarga ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish hamda 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.
Hujjat bilan elektr, gaz, suv ta’minoti, issiqlik energiyasi, ko‘mir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ularga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln so‘m ajratiladi, 737 km issiqlik tarmoqlari, 1,8 ming km suv ta’minoti tarmoqlarini profilaktika va ta’mirlash hamda 1,68 mln tonna ko‘mir zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Mas’ul idoralarga mavsumga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida xalq deputatlari mahalliy kengashlari oldida hisobot berib borish vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga oid
14:46 / 21.02.2025
Xitoylik sayyohlar Yaponiyaga borib qor kurash uchun putyovka sotib olmoqda
15:12 / 14.01.2025
“Qishloq maza, tinch va sokin” - Yordonda qish
16:40 / 16.12.2024
Toshkent – oppoq qish og‘ushida (fotojamlanma)
12:11 / 06.12.2024