Jahon | 15:59 / 26.09.2022
42278
2 daqiqa o‘qiladi

«Mayli, qochaverishsin». Lukashenko Putin bilan uchrashuvda Rossiyadagi safarbarlik haqida gapirdi

Lukashenko Putinni xorijga ketayotgan rossiyaliklar ortga qaytishiga ishontirdi.

Foto: Getty Images

26 sentabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaga kelib, Vladimir Putin bilan uchrashdi. U rossiyalik hamkasbi bilan Rossiyada e’lon qilingan qisman safarbarlik to‘g‘risida ham gaplashdi.

«U yerdagilar bizni safarbarlik bilan qo‘rqitadi, bu yerda kimdir xorijga qochadi... ammo, meni eshiting: Rossiyada 25 millionlik safarbarlik resursi mavjud. Mayli, yaxshi: ketishsa ketishsin - aytaylik, 30 ming, mayli 50 ming kishi. Ammo ular bu yerda qolishganida, biznikilar bo‘la olisharmidi? Mayli, qochsa qochaversin», degan Lukashenko.

Uchrashuvdan kadrlar «Rossiya-24» telekanalida namoyish etilgan.

«Bu borada qanday fikrda ekaningizni bilmayman, men esa ortiqcha xavotirlanganim yo‘q. 2020 yilda [Belarusdan] bir necha ming kishi ketgan: ular keyin qaytarishni so‘rashdi. Ko‘pchiligi shunday qildi: ortga qaytaring deyishdi.

Va bular ham - qaytadi. <…> Ular bilan nima qilish borasida bir qarorga kelish kerak. Yoki mayli ortga qaytishsin, yoki o‘sha yerda  tekin non bilan boqishsin», - dedi Lukashenko.

Vladimir Putin 21 sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi. 25 sentabr kuni Rossiyaning «Novaya gazeta. Yevropa» muxolifat nashri Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib, safarbarlik boshlanganidan buyon 261 ming nafar erkak Rossiyani tark etgani haqida xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi va FXX prezidentni chegaralarni yopishga ko‘ndirmoqchi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid