Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: «Referendumlar»dan keyin erkaklarning Rossiyadan chiqib ketishi cheklanadi
Xabarlarga ko‘ra, 28 sentabr kuni Ukrainaning egallab olingan hududlarida «referendumlar» o‘tkazilgandan so‘ng Rossiya hukumati safarbarlik yoshidagi erkaklarning mamlakatdan chiqishini cheklashi mumkin.
Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina hududlarida o‘tkazilgan «referendumlar» tugaganidan keyin «safarbarlik yoshidagi» erkaklarning Rossiyani tark etishi cheklanishi mumkin. Bu haqda 25 sentabr, yakshanba kuni prezident ma’muriyatiga yaqin ikki manbaga tayanib, Meduza xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, taqiqning joriy etilishi uchun eng ehtimoliy sana – 28 sentabr. Ukrainaning «DXR», «LXR» hamda bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlari hududlarida «referendumlar» 27 sentabr oqshomida yakunlanadi. Meduza suhbatdoshining aytishicha, «chiqish vizasi»ga o‘xshash hujjat paydo bo‘lishi mumkin va erkaklar Rossiyadan chiqib ketish uchun harbiy komissarlikdan ruxsat olishlari kerak bo‘ladi.
Rossiyaning bir nechta sub’yektlarida harbiy komissarlar safarbarlik to‘g‘risidagi buyruq bilan zaxiradagi harbiy xizmatchilarga Rossiyadan tashqariga chiqishni allaqachon taqiqlab qo‘ygan. «Agora» inson huquqlari tashkiloti rahbari Pavel Chikov 25 sentabr kuni o‘zining Telegram-kanalida FXX tomonidan Rossiyadan Qozog‘istonga ketmoqchi bo‘lganlarga berilgan xabarnomani e’lon qildi. Ma’lumotnomalarda harbiy komissarlik qarori asosida ularga chiqishga ruxsat berilmagani ko‘rsatilgan.
Rossiyada safarbarlik 21 sentabrda boshlandi. Prezident Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, zaxirada bo‘lgan hamda tegishli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bo‘lganlar harbiy xizmatga chaqiriladi. Rossiya Mudofaa vazirligi yosh cheklovlari haqidagi savolga javob berar ekan, qonunga ko‘ra, 35 yoshgacha bo‘lgan oddiy askar va serjant unvoniga ega bo‘lgan fuqarolar, 50 yoshgacha bo‘lgan kichik ofitserlar va 55 yoshgacha bo‘lgan katta ofitserlar safarbarlikka jalb qilinishini bildirdi.
Shu bilan birga, yuristlarning ta’kidlashicha, Rossiya bo‘ylab vazirlik tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarga rioya qilinmagan, harbiy xizmatda bo‘lmagan va tegishli unvonga ega bo‘lmagan keksa odamlar ham chaqirilmoqda.
Putin Rossiyada safarbarlik e’lon qilganidan so‘ng, chet elga uchib ketish uchun aviachiptalarga talab keskin oshdi. Sobiq SSSRning qo‘shni respublikalari – Armaniston, Gruziya, Ozarboyjon va Qozog‘istonga, shuningdek, Turkiya va Serbiyaga deyarli barcha to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarga chiptalar sotib olindi. Rossiyaning Gruziya, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston bilan quruqlikdagi chegaralarida ko‘p kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025