Investitsiyalar vazirligi hududiy tuzilmalarini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiya salohiyatini mustahkamlamoqda, Investitsiyalar vazirligi hududiy tuzilmalarini o‘zgartirish va samaradorligini oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev International Development Ireland (IDI, Irlandiya) rahbariyatini qabul qildi.
Oxirgi bir yil davomida ekspertlar guruhi Buxoro va Xorazm viloyatlari investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ish olib borgan. Kompaniya vakillari ITSV huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi va IDI o‘rtasida tuzilgan shartnoma birinchi qismi doirasida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etdi.
Kompaniya mutaxassislari tomonidan Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari ko‘magida IDI hududiy ofislari ochildi hamda ikkala viloyatda 25 ta kompaniya investitsiya imkoniyatlari baholandi. 620 investorga hududda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi, ulardan 16 nafari takliflarga qiziqish bildirib, o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshladilar. Investorlar asosan tibbiy va mehmonxona xizmatlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish, chorvachilik, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishlari bilan qiziqmoqda.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari O‘zbekistonda faoliyatini davom ettirishga tayyorligini bildirdilar. IDI vazirlik hududiy tuzilmalari faoliyatini transformatsiyalash va samaradorligini oshirishga qaratilgan konsepsiyani ishlab chiqib, taqdim etadi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
08:00 / 30.10.2024