Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kosta-Rikadan qo‘shimcha daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi
Janubiy Koreyadagi yig‘in doirasida JCh-2022 qatnashchisi Kamerunni (2:0) mag‘lub etgan O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik bahsini mundialning yana bir ishtirokchisi Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazdi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Eldor Shomurodov hisobni ochdi.
Milliy jamoaning asosiy hujumchisida birinchi bo‘limning o‘zida yana ikkita golli vaziyat bo‘ldi, ammo u bu vaziyatlardan foydalana olmadi.
Kosta-rikaliklar esa qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi, 90+2-daqiqada Entoni Ernandes, 90+4-daqiqada Kendal Uoston o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
«Roma» hujumchisi milliy jamoadagi gollarini 32 taga yetkazib, rekordchi Maksim Shatskixga (34) yaqinlashib oldi.
Shu tariqa, Srechko Katanets boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy jamoasining 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi barham topdi. Shuningdek, «oq bo‘rilar» bungacha 4 ta bahsdan beri golo‘tkazishmayotgandi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston — Kosta-Rika 1:2
27 sentabr. «Suwon World Cup»
Hakamlar: Kim Dae Yong, Yun Jae Yol, Jang Jong Pil, Park Se Jin (hammasi Janubiy Koreya).
Gollar: Eldor Shomurodov (26) — Entoni Ernandes (90+2), Kendal Uoston (90+4).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullayev (Farrux Sayfiyev, 72), Hojiakbar Alijonov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Akmal Mozgovoy, 72), Aziz Turg‘unboyev (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 57), Hojimat Erkinov (Oybek Bozorov, 57), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 72).
Kosta-Rika — Aaron Krus (Patrik Sekeyra, 46), Xuan Pablo Vargas, Keysher Fuller, Brayan Ovedo (Karlos Martines, 66), Yoxan Venegas (Entoni Kontreras, 66), 1Orlando Galo, Aaron Suares (Entoni Ernandes, 74), Kendal Uoston, Brandon Agilera (Brayan Ruis, 46), Karlos Mora (Alvaro Zamora, 46), Duglas Lopes.
Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (28), Brandon Agilera (34), Keysher Fuller (36), Alvaro Zamora (50), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (81).
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025