O‘zbekiston | 22:27 / 27.09.2022
40737
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori mehmonxonada o‘zini tuta olmagani ortidan ishdan ketdi

«O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori Baxtiyor Otamurodov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyor Otamurodov / Xalq banki matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, prezident qarorida Otamurodov Namangan viloyatiga xizmat safari paytida mehmonxonada sodir etgan nomaqbul xatti-harakatlari va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun ishdan olingani aytilgan.

Avgust oyida Otamurodov Namangandagi mehmonxona xodimlarini haqoratlab, ularga buyum uloqtirayotgani aks etgan video tarqalgandi.

Baxtiyor Otamurodov muqaddam Xalq banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil noyabrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – «O‘zbekchorvanasl» agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid