Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahbarlik lavozimlari uchun 970 nafar nomzod milliy kadrlar zaxirasiga kiritildi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish yo‘nalishidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmati rahbar kadrlar tarkibini barqaror ta’minlash va sifatini yaxshilash, davlat fuqarolik xizmatchisi kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarish maqsadida shakllantiriladi.
Milliy kadrlar zaxirasiga ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori salohiyat, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan tashabbuskor davlat xizmatchilari kiritiladi.
Hozirgi kunda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1 000 nafar shaxsni milliy kadrlar zaxirasiga kiritish ishlari olib borilmoqda. Bunda, nafaqat nomzod yuqori natijaga erishgani, balki tashabbuskorligi, yangilikka intiluvchanligi, fuqarolar dardini eshitishi, muammolarni tizimli ravishda bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rayotgani inobatga olinadi.
Bugungacha davlat va nodavlat sektorlarida faoliyat yuritayotgan 611 nafar nomzod ro‘yxati shakllantirilib, ular kompetensiyalari yosh rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun test sinovlari va suhbat orqali baholanmoqda. Bundan tashqari, rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan.
Munosib deb topilgan nomzodlarni rahbarlik lavozimiga tayyorlash maqsadida agentlik tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maxsus tayyorlash dasturi ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
10:04 / 04.02.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?
10:12 / 31.01.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi
15:03 / 10.01.2025