O‘zbekiston | 10:39 / 28.09.2022
7022
2 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chada ovqatlar sifatini o‘rganish bo‘yicha brakeraj komissiyasi tashkil etiladi

Bog‘chada oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha brakeraj komissiyasi tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, komissiya oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy o‘rganib boradi. O‘rganish natijalari alohida yuritiladigan brakeraj daftarlarida qayd etiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi bo‘lib, quyidagilar komissiya a’zolari hisoblanadi: tarbiyachi; oshpaz; tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi; tarbiyalanuvchilar ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar vakillari.

Brakeraj komissiyasi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda o‘rganib boradi. O‘rganish natijalari alohida yuritiladigan brakeraj daftarlarida qayd etiladi.

Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlari sifati, mazasi, kunlik sinama olingani, ovqatni tarqatishga ruxsat berilgani haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, har kuni hamshira imzosi bilan tasdiqlanadi. Brakeraj komissiyasi a’zolari tomonidan brakeraj daftari yuritilishi doimiy monitoringi olib boriladi.

Oshxonada tayyor bo‘lgan taom tarbiyalanuvchilarga tarqatilishidan 15 — 20 daqiqa oldin undan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi. Olingan sinama toza idishga solinib, idish ustki qismiga taom nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, sovitkich yoki boshqa sinama sifatiga ta’sir qilmaydigan sharoitda to‘liq bir sutka saqlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid