Nonni ko‘ziga surtayotgan xarkivlik va Rossiya chegaralaridagi navbatlar. Urush suratlari
27 sentabr kuni Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar va Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi «referendum»larning dastlabki natijalari paydo bo‘ldi. Tashkilotchilarning e’lon qilishicha, bu regionlarda yashovchi aholining 87 foizdan 99 foizgacha bo‘lgan qismi «Rossiyaga qo‘shilish» tarafdori ekanini bildirgan. Rossiyaning Gruziya bilan chegaradagi «Verxniy Lars» nazorat o‘tkazish punktida mobil harbiy komissariat punkti joylashtirilgan - 21 sentabrdan buyon bu yerga minglab rossiyaliklar oqib kelmoqda. Shimoliy Osetiya ma’muriyati Rossiyaning boshqa hududlaridan bo‘lganlarning mazkur hududga kirishi cheklanishini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi safarbarlikdan bo‘yin tovlagan rossiyaliklarni ekstraditsiya qilish so‘rovi bilan qo‘shni davlatlar rasmiylariga murojaat qilish rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. Ukraina qurolli kuchlari Oskol daryosining chap sohilida joylashgan shahar tipidagi Kupyansk-Uzlovoy posyolkasini ozod qildi. Bu Xarkiv oblastidagi eng yirik temiryo‘l kesishmalaridan biri.
Quyida 27 sentabr, urushning 216-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv oblastidagi kundalik hayot
Odessa oblastidagi ko‘ngillilar Ukraina armiyasi uchun mashina va pechkalar tayyorlamoqda
Odessa oblastida Dnestrovskiy liman ko‘rfazi bo‘yidagi Belgorod—Dnestrovskiy shahrida ko‘ngillilar guruhi Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun harbiy va fuqarolik avtomashinalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek, ular qishda foydalanish uchun «burjuyka»lar (temir pechka) yasamoqda.
«Referendumlar»
Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlarida, shuningdek, o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»da Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha «referendum»lar o‘tkazildi. Rossiyaning o‘zi nazorat qilayotgan ushbu hududlarda ovozlar 100 foiz sanab chiqilganidan keyin, «Rossiyaga qo‘shilish»ni go‘yoki Zaporijjya oblastida – 93,11 foiz, Xersonda – 87,05 foiz, «DXR»da – 99,23 foiz, «LXR»da – 98,42 foiz odam qo‘llab-quvvatlagan.
Rossiya chegaralaridagi navbatlar
Safarbarlik e’lon qilingach, minglab rossiyaliklar zudlik bilan mamlakatni tark etishga kirishdi. Natijada Rossiyaning qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralarida ko‘p kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi. O‘tgan kunlar ichida qariyb 100 ming rossiyalik Qozog‘istonga o‘tgan. Gruziya bilan chegaradagi «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazish punktida 27 sentabr kuni 5,5 ming mashina navbatda turgandi, tirbandlik uzunligi 30 kilometrgacha yetadi. So‘nggi kunlarda Rossiya va Gruziya chegarasini 10 ming kishi kesib o‘tgan.
Safarbarlik
Rossiyada 21 sentabr kuni e’lon qilingan safarbarlik davom etmoqda. OAVda tarqalgan ko‘plab xabarlarga ko‘ra, bu jarayon juda tartibsiz kechmoqda. Chaqiruv qog‘ozlari armiyada xizmat qilmagan va jangovar tajribaga ega bo‘lmaganlarga ham yuborilmoqda. Shuningdek, safarbar etilganlar hech qanday tayyorgarliksiz frontga jo‘natishayotganidan shikoyat qilishmoqda.
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024