Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Yoshlar ittifoqi raisi birinchi o‘rinbosari viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U turli yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tizimlarida va tashkilot tugatilgach, Yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyat boshqarmasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2021 yil aprelidan buyon Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
U Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan Yangiyer shahri hokimligiga o‘tkazilgan Otabek Nosirovning o‘rnini egalladi.
Shuningdek, Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib kelgan Daniyar Madirimov o‘rnida ish boshladi.
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025