Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsatnoma «birinchi kelgan - birinchi oladi» prinsipi asosida beriladi
Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda fraksiya a’zolari “Yerosti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanuvchilar uchun minimal talablar aniq va ochiq tarzda keltirib berilmoqda. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartib-taomillari takomillashtirilyapti.
Geologik jihatdan o‘rganish o‘tkazilmagan va kam o‘rganilgan yer qa’ri uchastkalarini xalqaro standartlar asosida bloklar (maydonlar)ga ajratish tizimi joriy etilmoqda. Bunda yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsatnomalar talabgor murojaatiga muvofiq “birinchi kelgan - birinchi oladi” prinsipi asosida onlayn tarzda berilishi mustahkamlanyapti.
Fraksiya a’zolari tomonidan mazkur hujjat qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
09:41 / 18.04.2025
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
10:48 / 03.04.2025
O‘zbekistonda boylarni soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilyapti
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
20:41 / 12.06.2024