Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan «Saxovat» va «Muruvvat» uylari tarbiyachilari malaka oshirish kursida o‘qitiladi
2022 yil 1 oktyabrdan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilar har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Bu - “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
2023 yil 1 iyungacha ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslar zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan o‘tishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratiladi.
Har yili 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlab “Muruvvat” bolalar uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida respublika miqyosida sport musobaqalari uyushtiriladi.
2022 yilda Namangan viloyati “Saxovat” internat uyi hududida nuroniylar bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida kunduzi pulli xizmat ko‘rsatuvchi “Keksalar bog‘i” tashkil qilinadi.
Mavzuga oid
10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi
14:31 / 01.02.2025
Britaniya O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etadi
08:10 / 25.09.2024