Haj va umra kvotalari oshadi, viza olish osonlashadi - Saudiya haj vaziri tashrifi tafsilotlari
27 sentabr kuni Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Robia boshchiligidagi katta delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Saudiya Arabistoni haqida gap ketganida ko‘pchilikning hayoliga haj va umra amallari bajariladigan ikki muqaddas haram keladi. Bu bejizga emas, chunki Haj va umra, shuningdek ziyorat turizmi bugungi kunda O‘zbekiston va Saudiya aloqalarida muhim o‘rin tutadi.

Xo‘sh, haj va umra vaziri O‘zbekistonga nima uchun keldi? Tashrifdan qanday yangilik va yengilliklar kutilyapti?
Tashrifning ilk kuni Toshkentdagi «Simpoziumlar saroyi»da Tavfiq bin Favzon ar-Robia bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Imom Buxoriy yod etilgan, joriy yilda Haj ziyoratchilari 12 mingdan, umra qiluvchilar soni 40 ming nafardan oshgani e’tirof qilingan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, asosiy mulohazalar o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, hamkorlik va Saudiya fuqarolarini O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga ziyoratlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar borasida bo‘lgan.
Shuningdek, muloqotda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘rtasida memorandum tuzish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Bugun, 29 sentabr kuni esa Toshkentda sayyohlik agentliklari uchun ziyoratchilar sayohatini osonlashtirishga mo‘ljallangan integratsiyalashgan raqamli platforma – Nusuk'ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Nusuk nima? Ushbu platforma yordamida butun dunyo bo‘ylab ziyoratchilar va boshqa sayyohlar ham elektron vizaga murojaat qilishi, mehmonxonalar va reyslarni bron qilishgacha bo‘lgan barcha tashriflarini bemalol tashkil qilishi mumkin. Ya’ni siz mustaqil ravishda veb-sayt yoki mobil dastur orqali visa-biletlarni olib, Saudiyadan mehmonxona, muqaddas joylarga navbat bilan kirish kabilarni band qila olasiz.
Saudiya Arabistonining raqamlashtirish strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan bu dasturdan, afsuski, hozircha o‘zbekistonliklar mustaqil foydalana olmaydi. Chunki O‘zbekiston hozircha Saudiya tomonidan elektron viza olish mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga kirmagan. O‘zbekistonliklar bu dastur orqali baribir sayyohlik firmasiga murojaat qilib, turistik to‘plam sotib olishi va ular orqali viza olishi kerak bo‘ladi.
Bu boradagi savolimizga javoban Saudiya haj va umra vaziri O‘zbekistonni ham bu ro‘yxatga kiritish masalasi o‘rganilayotganini, hozirgi imkoniyat tur paket sotib olish orqali ekanini ma’lum qildi.
Albatta, biz ham umid qilamiz, o‘zbekistonliklar ham Nusuk raqamli platformasidan tez orada to‘laqonli foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Xususiy sayyohlik firmasi rahbari Sherzod Samig‘jonovning tushuntirishicha, bu platforma orqali Makka va Madinadan tashqari boshqa shaharlarda ham sayyohlik yo‘nalishlari rivojlantiriladi, shuningdek raqamlashtirish jarayonlari kengaytirib boriladi.
«Bu platforma takomillashtirib borilmoqda. Nusuk orqali har bir ziyoratchi mustaqil ziyoratni amalga oshirishi reja qilingan. Lekin hozircha O‘zbekiston fuqarolari onlayn turistik viza ololmaydi, keyinchalik bizga ham bunday imkoniyat berilishi ko‘zda tutilgan. Hozircha o‘zbekistonliklar sayyohlik firmalari orqali umra viza olishi arzonroq va qulay.
Keyinchalik raqamlashtirish jarayonlari kengaytirilib, hajga borish uchun ham onlayn xizmatlar yaratilishi nazarda tutilmoqda», – deydi Sherzod Samig‘jonov.
Bundan tashqari, bugunning o‘zida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik Haj kvotasi ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra kvotasi esa 100 ming nafargacha oshirilishiga doir kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

18:04 / 05.05.2025
Hojilarni Saudiya Arabistonidan qaytarish jadvali ma’lum qilindi

16:09 / 03.05.2025
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

14:41 / 30.04.2025
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti

11:20 / 30.04.2025