Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘z erkinligingizni himoya qiling». Zelenskiy Rossiyadagi etnik ozchiliklarni safarbarlikka qarshi chiqishga chaqirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kavkaz, Sibir va Rossiyaning boshqa tub xalqlariga murojaat qildi.
«Dog‘istonliklar Rossiyaning qabih va sharmandali urushida o‘lmasligi kerak. Bu Rossiya bayrog‘i ostida yashayotgan chechenlar, ingushlar, osetinlar, cherkaslar va boshqa istalgan xalqlarga ham taalluqli. Bunday xalqlar 200 dan oshadi. Ukrainaga urushga sizlarni kim jo‘natayotganini bilasizlar. Sizni jo‘natayotgan odam sizlarni «Gruz-200»ga aylantirmoqchi.
Sizlar aslida nima istaysizlar? Ishonchim komilki, yashashni istaysizlar. Ishonamanki, sizlar yolg‘ondan charchagansizlar. Aminmanki, sizlar ham bilasizlar: kurashni hozir boshlash kerak! Biz Rossiya hokimiyati o‘zining kadrli armiyasi tanazzuli hamda jinoyatkorona buyruqlarini berkitish uchun o‘ylab topgan jinoiy safarbarlikka qarshi turayotganingizni ko‘rib turibmiz. Halok bo‘lmaslik uchun kurashing!
O‘z ozodligingizni ko‘chalar va maydonlarda hoziroq himoya qiling, toki keyinchalik Rossiya hokimiyati safarbarlikning keyingi to‘lqinlarini e’lon qilganda o‘rmon va tog‘larda shunchaki yashash uchun jang qilishingizga to‘g‘ri kelmasin.
Kurashing! Yengasiz», — degan Zelenskiy.

Zelenskiy Kiyevning 1860-yillarda Shimoliy Kavkaz xalq-ozodlik qarshilik harakati yetakchisi, Dog‘iston va Checheniston milliy qahramoni imom Shomil yashagan qismida turib Kavkaz xalqlariga murojaat qilayotganini aytadi. Videoda imom Shomilning barelefi va uning haqiqat yengilmasligi haqidagi so‘zlari tushirilgan yodgorlik lavhasi ko‘rinadi. Zelenskiy Ukraina qahramonlarni ulug‘lashini ta’kidlaydi.
21 sentabr kuni Rossiyada safarbarlik e’lon qilingach Dog‘iston, Kabardin-Bolqoriya, Yoqutiston va Tuva respublikalarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Politsiya va Rosgvardiya mitinglarni shafqatsizlik bilan bostirmoqda. Internetda tarqalgan videolarda mitinglarga asosan ayollar chiqayotganini ko‘rish mumkin. Ular «Urushga yo‘q!», «Bolalarimiz — o‘g‘it emas!», «Farzandlarimiz yashashiga qo‘yib bering» kabi hayqiriqlarni aytishgan. Dog‘istondagi namoyishlardan keyin 30 dan ortiq jinoiy ish ochilgan. Qo‘lga olinganlarda turli darajada tan jarohatlari aniqlangan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025