Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yo‘lbo‘yi infratuzilma obektlarini tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi
26-27 oktabr kunlari Toshkent shahrida SPeKA dasturi ishtirokchi davlatlari ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
27 sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi transport bo‘limi boshlig‘i Valter Nissler boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda barqaror xalqaro savdo o‘sishi, transport yo‘laklari bo‘ylab yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida mamlakat tranzit va transport salohiyatini yanada mustahkamlash dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Logistika sohasida kichik va xalqaro biznes sohasini rivojlantirish, transport tizimini raqamlashtirish, yo‘lbo‘yi infratuzilma obektlarini tashkil qilishga qaratilgan loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Mazkur masalalarni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari bilan muhokama qilish maqsadida BMT YeIK ko‘magida joriy yil 26-27 oktabr kunlari Toshkent shahrida SPeKA dasturi ishtirokchi davlatlari ishchi guruhi yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025