Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya fuqarolarining O‘zbekiston qadimiy shaharlariga ziyoratlari tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ma’naviy-ma’rifiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.
Poytaxtdagi «Simpoziumlar saroyi»da Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hamda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Haj va umra qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ibodat qilishi uchun Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida yanada qulay sharoitlarni hozirlash, ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, din ulamolari ishtirokida anjumanlar o‘tkazish, Saudiya Arabistoni fuqarolarini O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Termiz kabi qadimiy shaharlariga ziyoratlarini tashkil etish singari takliflarni bildirdi.
Muzokaralarda Saudiya Arabistonida «Nigoh – 2030» davlat dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, ikki mamlakat ko‘p yondashuvlari o‘xshashligi va tomonlar xalqaro doirada bir-birini doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgani e’tirof etildi.
Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirligi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘rtasida memorandum imzolash masalasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025