Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4,4 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor
Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
2022 yilda jami 8 mln 85 ming nafar yer uchastkasi va undagi ko‘chmas mulklari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga 3 trln 450 mlrd so‘m yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan.
Joriy yil 28 sentabr sanasiga qadar 2 trln 5 mlrd so‘m, ya’ni 58 foizi to‘langan. Shuningdek, 4 mln 400 ming nafar fuqarolarning o‘tgan yildan qolgan qarzdorligi bilan qo‘shib hisoblaganda 2 trln 798 mlrd 4 mln so‘mlik soliqlari to‘lanmasdan qolmoqda.
Mavzuga oid
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
12:01 / 30.04.2025
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
11:18 / 25.02.2025
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
10:19 / 25.12.2024