Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etiladi
Prezidentning “Sog‘liqni saqlash boshqaruv organlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining xalqaro tajribani o‘rgangan holda, dori vositalari sifati va xavfsizligi ustidan nazorat olib borish tizimini takomillashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Inspeksiya davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Moliya vazirligi g‘aznachiligida hisob-varag‘iga, O‘zbekiston davlat gerbi tasviri tushirilgan blankasiga va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi hamda bevosita sog‘liqni saqlash vaziriga bo‘ysunadi.
Inspeksiya asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- farmatsevtika faoliyati bo‘yicha litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
- dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilish faoliyatini nazorat qilish;
- farmatsevtika faoliyatini litsenziya olmasdan amalga oshirayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash, ularga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish, ma’muriy bayonnoma tuzish.
Inspeksiyaga sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. Markaz Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 4-uy manzilida ijara haqi nol stavkasida joylashtiriladi. Inspeksiya nizomi va strukturasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Sog‘liqni saqlash vaziriga epidemiologik vaziyat keskinlashgan holatlarda qo‘shimcha vaqtinchalik shifo o‘rinlarini tashkil etish va tugatish vakolati beriladi.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
14:08 / 10.04.2025