Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Rossiyaga dronlar bergani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlariga Eron dronlari yordamida jiddiy zarar yetkazayotgani haqida xabar bergandi.
Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoniy Rossiyaga Ukrainadagi nizoda foydalanish uchun dronlar bergani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
"Eron Rossiyaga Ukrainadagi urushda foydalanish uchun dronlar bergani to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb hisoblaydi va bu xabarlarni tasdiqlamaydi", - dedi Kanoniy.
Uning ta’kidlashicha, Eron neytralitetga asoslangan siyosiy kursga amal qiladi. Kanoniyning so‘zlariga ko‘ra, Tehron Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchilik siyosiy yo‘l bilan yechilishi tarafdori.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Ukraina qurolli kuchlarining yuqori martabali ofitserlariga tayanib Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlariga Eron dronlari yordamida jiddiy zarar yetkazayotgani haqida yozgandi.
Ukraina qurolli kuchlarining 92-mexanizatsiyalashgan brigadasi artilleriya qo‘mondoni, polkovnik Rodion Kulaginning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar Eronning Shahed-136 dronini qayta bo‘yab va «Geran-2» nomini berib, Xarkivning shimoli-sharqidagi to‘qnashuvlarda ommaviy ravishda qo‘llamoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025