Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qiladi
O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Chungchon-pukto provinsiyasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
«Vatandoshlar» jamoat fondi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida Chungchon-pukto provinsiyasi meri Kim Yong Xvan bilan uchrashuv tashkil etildi, deya xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda iqtisodiyot, innovatsiyalar va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mehnat migratsiyasi bo‘yicha munosabatlar, qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish istiqbollari o‘rganildi.
Provinsiya vakillari O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Chungchon-pukto provinsiyasida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlat tegishli tashkilotlari o‘rtasida uchrashuv va tashriflar amalga oshirish, turli sohalarga O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
12:05 / 16.05.2025