Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luvrda «O‘zbekiston karvon yo‘llarida» ko‘rgazmasi ochiladi
Noyabr oyida Parij shahridagi Luvr muzeyida «Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» va Arab dunyosi institutida «Kaftanlar va choponlar» ko‘rgazmalari ochiladi.
Toshkentda O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar 13-raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Xorijiy delegatsiyaga Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligi kontinental Yevropa departamenti direktori o‘rinbosari Silven Giyoge rahbarlik qildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar holati va ularni rivojlantirish muhokama qilindi.
Joriy yil noyabr oyida Parijdagi Luvr muzeyida ochiladigan «Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» va Arab dunyosi institutida tashkil etiladigan «Kaftanlar va choponlar» ko‘rgazmalariga e’tibor qaratildi.
Tibbiyot, ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, ilmiy muassasalar va bilim yurtlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Amaldagi va muhim ahamiyatga ega hujjatlar orqali ikki tomonlama hamkorlik shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:38 / 26.04.2025
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi
12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi
11:26 / 03.02.2025